Eduara

Oʻquv markazini avtomatlashtirish platformasi

Oʻquvchilar, guruhlar, davomat, toʻlovlar va hisobotlar — bitta tizimda. Rahbar, oʻqituvchi va oʻquvchi har biri oʻz kabinetidan foydalanadi.

  • QR davomat
  • Telefon va kompyuterda
  • Oʻzbek va rus tilida
Eduara: rahbar bosh sahifasi — kirim, qarzdorlik, bugungi darslar
Eduara: oʻquvchi kabineti telefonda

Markazni boshqarish uchun kerakli hamma narsa

Oʻquvchilar va guruhlar

Oʻquvchi kartasi, ota-ona maʼlumotlari, guruhlar, dars jadvali va xonalar.

Davomat

Oʻqituvchi telefonidan bir necha soniyada davomat qiladi. Kelmaganlarga xabar boradi.

Yangi

QR davomat

Oʻqituvchi ekranda QR chiqaradi, oʻquvchi telefonidan skanerlaydi — davomat oʻzi belgilanadi.

Baholash va vazifalar

Har dars uchun baho, mavzu va uyga vazifa. Oʻquvchi hammasini oʻz kabinetida koʻradi.

Toʻlovlar va qarzdorlik

Oylik toʻlov, chegirma va qarz avtomatik hisoblanadi. Kim toʻlagani bir qarashda.

Kassa

Naqd va karta orqali toʻlov qabul qilish, xarajatlar, hisoblar va chek chiqarish.

Hisobotlar

Kunlik, oylik va yillik hisobotlar PDF va Excel formatida.

Bildirishnomalar

Yangi vazifa, baho, darsga kelmaganlik va qabul qilingan toʻlov haqida avtomatik xabarlar.

Yangi

QR davomat — 10 soniyada

Roʻyxatni oʻqib, har bir ismni belgilash shart emas. Oʻqituvchi QR kodni ekranga chiqaradi, oʻquvchilar uni oʻz kabinetidan skanerlaydi.

  1. 1

    Oʻqituvchi QR chiqaradi

    Dars sahifasida bitta tugma. Proyektorga toʻliq ekranda chiqarsa ham boʻladi.

  2. 2

    Oʻquvchi skanerlaydi

    Kabinetidagi «QR skaner» yoki telefon kamerasi orqali.

  3. 3

    Davomat tayyor

    Kelganlar roʻyxati oʻqituvchi ekranida jonli yangilanib boradi.

Kod har 30 soniyada yangilanadi va faqat shu guruh oʻquvchilari uchun ishlaydi — rasmini doʻstga yuborib boʻlmaydi.

QR davomat: oʻqituvchi ekranidagi QR kod va kelganlar roʻyxati
Oʻquvchi telefonida: davomat belgilandi

Har kim oʻz kabinetida

Kassa va toʻlovlar jurnali

Rahbar / menejer

  • Oʻquvchi va oʻqituvchilarni qoʻshish
  • Toʻlov qabul qilish va kassa
  • Qarzdorlar va hisobotlar
Dars sahifasi: davomat va baholar

Oʻqituvchi

  • Mening guruhlarim va jadval
  • Davomat, QR davomat va baholash
  • Mavzu va uyga vazifa
Oʻquvchi kabineti telefonda

Oʻquvchi

  • Dars jadvali va uyga vazifalar
  • QR orqali davomat
  • Baholar, davomat va qarz

Skrinshotlardagi ism va raqamlar namuna uchun.

Qanday boshlanadi

  1. 1

    Ariza qoldiring

    Formani toʻldiring yoki Telegramga yozing.

  2. 2

    Bepul konsalting

    Siz bilan bogʻlanamiz, markazingizni oʻrganamiz va tizimni koʻrsatamiz.

  3. 3

    Ishga tushiramiz

    Markazingiz uchun kabinet ochamiz, sozlab beramiz va xodimlarni oʻrgatamiz.

Bizning jamoa

Eduara’ni oʻquv markazlari ishini yaqindan biladigan jamoa yaratmoqda. Har bir taklif va savolingizni shaxsan oʻzimiz koʻrib chiqamiz.

Dilmuhammad Abduqodirov

Co-founder & CEO

Abduqodirov Dilmuhammad Sodirjon oʻgʻli

Telegram · @mrdili131

Koʻp beriladigan savollar

Bepul konsalting nima?

Mutaxassisimiz siz bilan bogʻlanib, markazingiz qanday ishlashini oʻrganadi va Eduara’ni qanday sozlashni koʻrsatadi. Bu bepul va hech qanday majburiyat yuklamaydi.

QR davomat qanday ishlaydi?

Oʻqituvchi dars sahifasida QR kodni ochadi, oʻquvchilar uni oʻz kabinetidan skanerlaydi. Kod har 30 soniyada yangilanadi va faqat shu guruh oʻquvchilari uchun ishlaydi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha. Platforma telefon uchun moslashtirilgan va ilova kabi ishlaydi. Uni bosh ekranga qoʻshib qoʻyish mumkin.

Qaysi tillarda?

Oʻzbek va rus tillarida. Har bir foydalanuvchi oʻziga qulay tilni tanlaydi.

Qancha turadi?

Oyiga 100 000 soʻm, bitta oʻquv markazi uchun. Birinchi 30 kun bepul, oldindan toʻlov kerak emas.

Maʼlumotlarimiz xavfsizmi?

Har bir markaz maʼlumotlari alohida saqlanadi va faqat sizning xodimlaringizga koʻrinadi.

Hisobotlarni yuklab olsa boʻladimi?

Ha, PDF va Excel formatida: kunlik, oylik va yillik.

Narx

Bitta tarif, barcha imkoniyatlar bilan. Birinchi 30 kun bepul.

100 000 soʻm / oy

Bepul konsalting oling

Maʼlumot qoldiring — mutaxassisimiz siz bilan bogʻlanadi, markazingiz haqida soʻraydi va tizimni koʻrsatadi.